
Farhod Tojiev Malayziyaning “T-Team” klubi bilan shartnoma imzoladi
Xabaringiz bor, Farhod Tojiev bir necha kundan beri Malayziyaning “T-Team” jamoasi ko‘rigida bo‘lib turgandi.
O‘tgan mavsum yarmini “Olmaliq” safida o‘tkazgan hujumchi Malayziya jamoasi yig‘inida o‘zini ko‘rsata oldi. O‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinlarida ham Tojiev ko‘plab gollar urdi.
Natijada, hamyurtimizning o‘yinidan qoniqish hosil qilgan klub vakillari Farhod Tojiev bilan kelishuvga erishishgan. Ammo hozircha tomonlarning qancha muddatga shartnoma imzolashgani to‘g‘risida ma’lum qilinmagan.
Klubning ijtimoiy tarmoqlarining bosh sahifasida Farhod Tojievning rasmi joylashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoa sharafini Dilshod Sharofetdinov himoya qilayotgan bo‘lsa, “Buxoro” futbolchisi Shavkat Salomov ham yig‘inda ishtirok etdi. Ammo buxorolik futbolchi jamoaning so‘nggi yig‘inida ko‘rinmayapti.
Legionerlar. Farhod Tojievning dubli “T-Team”ga g‘alaba keltirdi
Legionerlar. Farhod Tojiev va Dilshod Sharofetdinovning gollari “T-Team”ga g‘alaba keltirdi
Shavkat Salomov Malayziyaning “T-Team” jamoasi yig‘inida ishtirok etmoqda (Foto)
Legionerlar. Farhod Tojiev yana Malayziyaning “T-Team” jamoasiga borib qo‘shildi (foto)
Fikrlar