Fellayni “Chelsi”ga qarshi o‘yinda ishtirok eta oladi
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Maruan Fellayni “Chelsi”ga qarshi kechadigan Angliya chempionati uchrashuvida maydonga tusha oladi. O‘yin 20 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
30 yoshli futbolchi jarohati sababli Belgiya terma jamoasining Gollandiyaga qarshi o‘yinini (1:1) o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.
– U bilan barchasi yaxshi bo‘lishi kerak. U 100% tayyor bo‘lmagani uchun maydonga tushmadi. Uning hafta oxirida Angliya chempionatida muhim o‘yin kutib turibdi. Biz yana ikki kuni uning to‘liq sog‘ayishini kutamiz, – deydi Belgiya terma jamoasi ustozi Roberto Martines.

Fikrlar