Fernandinoning 4 o‘yinlik diskvalifikatsiyasi kuchda qoldi
Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) “Manachester Siti” jamoasi yarim himoyachisi Fernandinoning “Byornli”ga qarshi (2:1) APL 20-turida olgan qizil kartochkasini bekor qilmadi.
Braziliyalik futbolchi o‘yinning 32-daqiqasida Yoxann Gudmundsonga qarshi qo‘pol o‘ynagani uchun maydondan chetlatilgandi. Fernandino shu tariqa “Vest Xem”ga qarshi Angliya Kubogi o‘yini hamda “Everton”, “Tottenxem” va “Vest Xem”ga qarshi APL o‘yinlarini qo‘yib yuboradi.

Joriy mavsumda Fernandino APLning 17 o‘yinida ishtirok etib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Qayd etish kerakki, braziliyalik futbolchi joriy mavsumda ikkinchi marta qizil kartochka oldi. Bundan avval u “Chelsi”ga qarshi (1:3) o‘yinda maydondan chetlatilgandi.

Fikrlar