"Fiorentina" 21 yoshli futbolchisini MYuga 50 mln evroga sotmadi

  • 27.01.2019 09:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyaning "Fiorentina" klubi o‘zining serbiyalik himoyachisi Nikola Milenkovichning transferi bo‘yicha "Manchester Yunayted"dan bo‘lgan taklifni rad etdi.

The Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” 21 yoshli futbolchi uchun “binafsharanglilar”ga naqd 50 mln evro taklif qilishgan, biroq A Seriya klubi o‘zining asosiy futbolchilaridan birini qo‘yib yuborishni xohlashmagan.

Endi MYu yozda bor e’tiborini “Napoli” himoyachisi Kalidu Kulibalini sotib olishga qaratadi.

Ma’lumot uchun, Milenkovich joriy mavsum "Fiorentina" safida jami 20ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Transfer bahosi esa 35 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!