"Fiorentina" "Sevilya" futbolchisini sotib olmoqchi
"Sevilya" forvardi Luis Muriel "Fiorentina"ning to‘laqonli a’zosiga aylanishi mumkin.
Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “binafsharanglilar” 27 yoshli kolumbiyalik futbolchini yozda, ya’ni ijara muddati yakunlangach to‘liq sotib olishmoqchi. Jamoalar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra A Seriya klubi Murielni 14 mln evro evaziga sotib olish huquqiga ega.
Ma’lumot uchun, "Fiorentina" Murielni o‘tgan yanvar oyi boshida ijaraga olgan edi. O‘tgan bir oy ichida u 4ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar