"Fiorentina" "Yuventus" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oladi
Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Marko Pyatsa yaqin vaqtlar ichida "Fiorentina"ga ko‘chib o‘tadi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra “binafsharanglilar” 23 yoshli xorvatiyalik futbolchini 2 mln evroga keyinchalik 20 millionga sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga olishadi.
E’tiborlisi, “Yuventus”ning o‘zi keyinchalik Pyatsani sotib olishni istasa “Fiorentina”ga 26-27 mln evro to‘lashi kerak bo‘ladi.

Fikrlar