"Fiorentina" o‘z safiga Italiya terma jamoasi himoyachisini qo‘shib oldi

  • 14.07.2018 09:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Fiorentina" klubi o‘z safiga "Krotone" himoyachisi Federiko Chekkerinini qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Unga ko‘ra 22 yoshli Italiya terma jamoasi a’zosi yangi jamoasi bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolagan. Ammo, uning transferi “binafsharanglilar”ga qanchaga tushgani hozircha ochiqlanmayapti.

Ma’lumot uchun, Chekkerini “Krotone” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U ushbu davr mobaynida jami 74ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!