"Fiorentina" qishki transferlardagi ilk xaridni amalga oshirdi
"Sevilya" forvardi Luis Muriel mavsumni Italiya A Seriyasida yakunlaydigan bo‘ldi.
Aniqrog‘i, 27 yoshli kolumbiyalik futbolchini "Fiorentina" mavsum yakuniga qadar ijaraga oldi. Biroq, “binafsharanglilar” mavsum yaunlangach uning transferini 13 mln evroga sotib olish huquqiga ega.
Ma’lumot uchun, Muriel “Sevilya” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida andalusiyaliklar safida 65ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar