Frantsiyada yana bir bahs noma’lum muddatga qoldirildi

  • 6 dekabr, 2018, 20:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Xabaringiz bor bundan avvalroq Frantsiya chempionati 17-turidan o‘rin olgan PSJ - "Monpele" hamda "Tuluza" - "Lion" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshqa kunga ko‘chirilgani ma’lum qilingan edi.

Mazkur o‘yin 8 dekabr kuni Parijda bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo shahar politsiyasi iltimosiga ko‘ra boshqa kunga qoldirildi. Boisi ayni kunlarda Frantsiya poytaxtida yoqilg‘i narxi oshishi va Prezident Emmanuel Makrornning islohotlariga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Politsiya va mahalliy aholi o‘rtasida ko‘plab to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishchilar shanba kuni ham mazkur harakatni davom ettirishlarini ma’lum qilishgan va shu bois politsiya Liga-1 rahbariyatiga iltimosnoma bilan chiqqan.

Hozirgina ma’lum bo‘ldiki, ayni yuqoridagi sabab bilan Frantsiya chempionatining yana bir bahsi - "Sent-Eten" - "Marsel" uchrashuvi noma’lum muddatga qoldirildi. Ushbu o‘yin ham 8 dekabrda o‘tkazilishi lozim edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!