Gadoevning goli jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qola olmadi

  • 26 may, 2018, 17:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Janubiy Koreyada nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turadigan – K Liga-2 da 13-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Hamyurtimiz Shoxrux Gadoev faoliyat olib boradigan “Tedjon Sitizen” klubi safarda “Seongnam” jamoasi bilan kuch sinashdi.

Gollarga boy tarzda kechgan bellashuvda mezbonlar 4:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. E’tiborlisi, “Tedjon”ning dastlabki goliga aynan hamyurtimiz mualliflik qildi. Bu  uning mavsumdagi beshinchi goli bo‘ldi.

Bugungi natijadan so‘ng “Tedjon Sitizen”ning ochkolari soni 16 taligicha qoldi va jamoa 6-o‘ringa tushib ketdi.

K Liga-2. 13-tur

“Seongnam” – “Tedjon Sitizen” 4:2

Gollar: Yon Je Un (6), Mun Sang Yun (47), Muralya (60), Yun Sun Min (67) – Shoxrux Gadoev (22), Kitsu (87).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!