Galiulinning sobiq jamoasi o‘tgan mavsumdagi qarzdorliklarni to‘lashni boshladi

  • 07.11.2018 10:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

O‘tgan mavus sensatsion tarzda Rossiya  kubogini qo‘lga kiritgan va keyinchalik faoliyati to‘xtatilgan “Tosno” klubi futbolchilar oldidagi qarzlarini bartaraf etishni boshladi.

RIA Novosti tarqatgan xabarga ko‘ra ayrim futbolchilarga 2-3 oylik maoshlari to‘lab berilgan. Biroq, maoshning qolgan qismini ham to‘lanishi so‘roq ostida qolmoqda. Ammo murabbiylar shtabi va klub xodimlari to‘liq hisob-kitob qilingan. Endi qarzdorlik faqat futbolchilar orasida qolgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum “Tosno” safida hamyurtimiz Vagiz Galiulin ham to‘p surgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!