
Gari Lineker Messining iste’dodini yana bir bor maqtadi
Ingliz futbolining yaqin o‘tmishdagi eng mashhur futbolchilaridan biri Gari Lineker “Barselona” forvardi Lionel Messini yana maqtadi.
“Ajoyib pas va yana shuningdek mo‘jizaviy gol. Bularning barchasi bor yo‘g‘i 15 daqiqada sodir bo‘ldi. Menimcha “Oltin to‘p”ni topshiradiganlar Ispaniya chempionatini tomosha qilishmaydi. Ushbu mukofotni Messi olmasligini yana qanday izohlash mumkin?”, - deydi Lineker.
Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli argentinalik futbolchi kecha “Sevilya”ga (4:2) qarshi bahsda dastlab 2-daqiqada Koutinoning goliga assistentlik qildi, 12-daqiqaga kelib esa o‘zi gol urdi. Biroq, 26-daqiqada jarohat olib maydonni tark etdi.
Fikrlar