Giggz: Remzi “Yuventus” o‘yiniga ijobiy ta’sir qiladi

Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Rayan Giggz fikricha, “Arsenal” yarim himoyachisi Aaron Remzining “Yuventus”ga o‘tishi turinliklar o‘yiniga ijobiy ta’sir qiladi.

Men shunday hisoblayman. Barcha Garet Beylning “Real”ga o‘tgan vaqtda nimalar bo‘lganini ko‘rgan. Remzi yuqori darajadagi klubga o‘tishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu jamoa dunyoning eng yaxshi klublaridan biri. Bu har doim o‘yinchining foydasiga hal bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!