
Golovinning "Monako"ga o‘tishi haqida bilishimiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar
Avvalroq xabar berganimizdek, Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Golovin faoliyatini "Monako" klubida davom ettirishga qaror qildi.
Bugun ushbu transferning tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.
1. Transferdan TsSKA 30 million evro daromad topadi. Golovin 5 yil "Monako" safida to‘p tepadi.
2. 26 iyul kuni, ya’ni bugun Aleksandr "Monako" bazasida tibbiy ko‘rigdan o‘tganidan so‘ng u bilan shartnoma imzolanadi.
3. Eslatib o‘tish joizki, Yuriy Jirkov 2009 yil "Chelsi"ga rekord 21 million evaziga ko‘chib o‘tgan, 22 yoshli Golovin ushbu rekordni yangiladi.
4. Rossiyalik futbolchi "qizil-oqlar" safida yiliga 2 million evro daromad topadi.
5. Xavbek "Chelsi", "Everton" hamda "Yuventus" klubi tomonidan katta qiziqishga sabab bo‘layotgandi.
Fikrlar