
Golovkin translyatsiyalar bo‘yicha DAZN tizimi bilan shartnoma imzolamoqchi
O‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni qozog‘istonlik Gennadiy Golovkinning promouteri Tom Leffler hozir AQShdagi boks translyatsiyalari bozori yangi a’zosi – DAZN tizimi bilan faol muzokaralar olib bormoqda, deya xabar beradi Ringtv nashri.
Yaqinda ushbu vaznda WBC va WBA versiyalari bo‘yicha jahon chempioni Saul “Kanelo” Alvares ham DAZN tizimi bilan boks tarixidagi rekord shartnomani imzolagan edi. Shuningdek, mashhur promouterlardan Eddi Xirn, yangi chempion bokschilardan Demetrius Andreyd va Deniel Jeykobsning ham bu tizim bilan uzoq yillik kelishuvlari bor.
Avvalroq Golovkin va Alvares NVO telekanali bilan ishlashgan va sentyabr oyida 2018 yilning eng tomoshabop janglaridan birini o‘tkazgan. Ularning uchinchi jangi katta ehtimol bilan DAZN tizimida translyatsiya qilinishi mumkin. Golovkin uchun boshqa variant amerikaning ESPN telekanalidir, ammo unda sobiq chempionlar uchun qiziqish yo‘q. Ayniqsa yaponiyalik Riota Murataning WBA Regular kamarini yo‘qotganidan so‘ng.
Fikrlar