Gvardiola Mourinoni ortda qoldirdi

  • 25 fevral, 2019, 09:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha “Manchester Siti” klubi Angliya liga kubogi finalida “Chelsi”ni mag‘lub etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tecno

E’tiborlisi, bu “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola uchun faoliyatidagi 26-sovrin bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki u ushbu sovrinlarning 14tasini “Barselona” bilan, 7tasini “Bavariya” bilan, qolgan 4tasini esa “Manchester Siti” bilan qo‘lga kiritgan.

Gvardiola shu tariqa faoliyatini davom ettirayotgan mutaxassislar orasida eng ko‘p sovrin yutgan murabbiyga aylandi. U bu boradagi peshqadam hisoblangan Joze Mourinoni ortda qoldirdi va 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Kuchli uchlikni esa Karlo Anchelotti egallab turibdi. Italiyalik mashhur mutaxassis hozircha jami 20ta sovrin yutgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!