Hasanboy Do‘smatov yangi vazn toifasida ham chempion bo‘ldi

  • 26 noyabr, 2017, 14:06
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rossiyaning Beloyarskiy shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha “Neft mamlakatlari kubogi" davom etmoqda. Bugun mazkur turnirning yarim final janglari o‘tkazilmoqda.

Tecno

Vakillarimiz orasida birinchi bo‘lib ringga ko‘tarilgan Hasanboy Do‘smatov mezbon bokschi Artur Jaaevga qarshi kurash olib bordi. 52 kg vazn toifasida o‘tgan qarama-qarshilik teng kurashlar ostida o‘tishigan qaramasdan, yakunda hakamlar Hasanboy Do‘smatovning g‘alabasini e’tirof etdi.

Shunday qilib, Hasanboy terma jamoamiz hisobiga oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, bugun shuningdek, yana uch nafar bokschimiz ringga chiqadi. Hasanboy yarim finalda rossiyalik bokschi Artur Lojnikovni mag‘lub etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!