
Ibragimovich Xabib Konor bahsida kim g‘alaba qozonishiga o‘z fikrini bildirdi
"Los-Andjeles Gelaksi" klubi xujumchisi Zlatan Ibragimovich Xabib Nurmagomedov Konor MakGregor qarama-qarshiligi haqida o‘z fikrini bildirdi.
- O‘ylashimcha, Xabib g‘alaba qozonadi. U oktagonda raqibini qiynab maqsadga erishishni yaxshi ko‘rishining guvohi bo‘ldim. Nurmagomedov sabrli inson, shu qatori u xavfli jangchi.
Rossiyalik yana bir jangchi Fyodor Emelyanenkoni ham bilaman. Emelyanenko ham bosiq sport ustasi, ammo ringga ko‘tarilganda u o‘z ishini ajoyib tarzda bajarardi, - deya Zlatanning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Mirror nashri.
Nurmagomedov vs Makgregor: Xabib sport bilan shug‘ullanishni boshlagan vaqtda, Konor bolalar bog‘chasiga qatnagan
Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov - MakGregor bahsi 7 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 07:00da boshlanadi.
Fikrlar