Ibragimovich kelajagi haqida to‘xtalib o‘tdi
“Los-Anjeles Gelaksi” hujumchisi Zlatan Ibragimovich Amerika klubini Evropa jamoalaridan biriga almashtirmoqchi emas. Shvetsiyalik futbolchi hattoki, ijaraga ham rozi emas.
– Mening “Los-Anjeles Gelaksi” bilan shartnomam bor, – deydi Ibragimovich. – Qishda men Evropa jamoasiga ijaraga ketishni istamayman. Bu kerak emas. Agar futbolchi klubga tegishli bo‘lsa, u bor e’tiborini ushbu jamoaga qaratishi darkor.
Ibragimovich bu mavsum barcha turnirlarda 34 o‘yin o‘tkazib, 23 gol va 7 golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar