Ikardining jarohati jiddiy bo‘lib chiqmadi

  • 20.02.2019 19:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Milanning “Inter”klubi hujumchisi Mauro Ikardi tizzasidan olgan jarohati sabab chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli argentinalik futbolchining jarohati jiddiy emasligi ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “neradzurrilar” rahbariyati yangi shartnoma borasida kelib chiqqan mojaro ortidan Ikardidan sardorlik bog‘ichini olib qo‘ygan edi. U jamoasining so‘nggi 2ta o‘yinini o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!