Inesta Dembelening intizomi haqida aytib o‘tdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” klubi sobiq yarim himoyachisi  Andres Inesta Usmon Dembelening hayot tarzi hamda intizomi haqida o‘z fikrini bildirdi.

- Jamoadagi vaziyat haqida aniq bir nima aytolmayman, chunki klub kiyinish honasida nima bo‘layotganidan xabarim yo‘q. Albatta, jamoada intizom birinchi o‘rinda bo‘lishi darkor. Agarda bunday qoidalarga biror bir futbolchi amal qilmasa, rahbariyat darhol o‘z fikrini bildirishi shart.

Tan olish lozim, Usmon “Barsa“ uchun juda muhim ahamiyatga ega futbolchidir, uni bir xatosi uchun qattiq jazolash kerak emas. Bu vaziyatda konstruktiv choralar ko‘rish maqsadga muvoffiqdir, - deya Andresning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Mundo Deportivo nashri.

Ilgariroq, Dembele 50 ming evroga jarimaga tortilgani haqida xabar bergandik.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!