Inestaning sharafiga haykal o‘rnatiladi

  • 23.10.2018 14:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Ispaniyaning Albaset shahrida “Barselona”ning sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta sharafiga atab haykal o‘rnatiladi.

Shahar meri Manuel Serranoning so‘zlariga ko‘ra maxsus komissiya fevral oyida haykalning dizayni bo‘yicha yakuniy xulosani beradi. Marca nashrining xabar berishicha ushbu haykalning tayyorlash va uni o‘rnatish uchun bir yil vaqt kerak bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, ayni damda faoliyatini Yaponiyada davom ettirayotgan Inesta Albaset shahrining Fuentealbile provintsiyasida tavallud topgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!