"Inter" "Fiorentina"ning frantsiyalik futbolchisiga qiziqib qoldi
Milanning "Inter" klubi "Fiorentina" yarim himoyachisi Jordan Veretuning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “neradzurrilar” 25 yoshli frantsiyalik futbolchini qishki transferlar davrida sotib olishni rejalashtirishmoqda. Ammo, “binafsharanglilar” ushbu futbolchini qo‘yib yuborishmoqchi emas.
Ma’lumot uchun, Veretu “Fiorentina” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 41ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 10ta gol urishga erishishgan.

Fikrlar