"Inter" Ikardi bilan kelisha olmayapti

  • 20.09.2018 17:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Milanning "Inter" klubi o‘zining argentinalik to‘purari Mauro Ikardi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

Corriere della Sera nashrining xabar berishicha “neradzurrilar” rahbariyati 26 yoshli futbolchiga kelishuvni 2023 yilga qadar uzaytirishni taklif qilmoqda. Ammo, hozircha tomonlar maosh masalasida o‘zaro kelishuvga erisha olishmayapti. Aniqrog‘i, “Inter” Ikardiga yiliga 6,5 million evro maosh taklif taklif qilmoqda, biroq futbolchining vakillari 8 million so‘rashmoqda.

Ma’lumot uchun, Ikardining amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!