"Inter" Ikardi o‘rniga Jekoni sotib olmoqchi

  • 17.02.2019 18:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Milanning "Inter" klubi "Roma" forvardi Edin Jekoni ko‘z ostiga olib qo‘ydi.

Foxsports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar” bosniyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishni rejalashtirishmoqda. Ta’kidlash kerakki, Jeko “Inter”da boshqa jamoaga o‘tishi kutilayotgan Mauro Ikardining o‘rnini egallaydi.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli Jeko joriy mavsum 25ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!