"Inter" futbolchisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
Angliyaning "Vulverxempton" klubi "Inter" yarim himoyachisi Joau Mariuga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning ma’lum qilishicha ingliz klubi 25 yoshli futbolchini keyinchalik 30 mln evro evaziga sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga olishmoqchi. “Neradzurrilar” esa futbolchisini keyinchalik 35 millionga sotib olish sharti bilan ijaraga berishmoqchi.
Eslatib o‘tish lozimki, Mariu uchun Angliya premer-ligasi begona emas. Boisi, u o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini Londonning "Vest Xem" klubida ijara asosida o‘tkazgan edi.

Fikrlar