"Inter" futbolchisi jamoadan ketmoqchi ekanligini aytdi

  • 29.01.2019 22:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Matias Vesino joriy qishki transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli urugvaylik futbolchi “neradzurrilar” rahbariyatiga o‘zining jamoadan ketish istagi borligi haqida aytgan. Qayd etish lozimki “Inter” Vesinoning transferi borasida bir qator takliflarga ega. Ammo, ushbu jamoalar nomi hozircha sir tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vesino “Inter” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum A Seriyada jami 16ta o‘yinda ishtirok etdi va jamoasining 2ta goliga assistentlik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!