
“Inter” hamon “Atletiko” himoyachisi uchun kurashmoqda
Kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etuvchi Milanning “Inter” klubi o‘z safini “Atletiko” himoyachisi Shime Vrsalko bilan kuchaytirmoqchi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha “neradzurrilar” 25 yoshli xorvatiyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga olishmoqchi. Biroq, “matraschilar” futbolchini to‘liqligicha sotishni rejalashtirishmoqda. Ta’kidlash kerakki, Vrsalkoga “Inter”dan tashqari shuningdek “Roma” hamda “Napoli” klublari ham jiddiy qiziqish bildirishmoqda.
Ma’lumot uchun, Vrsalko yakuniga etgan mavsum “Atletiko” safida jami 29ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta golga assistentlik qilgan
Fikrlar