"Inter" muxlislarining beboshligi ortidan jiddiy jazolandi
Milanning “Inter” klubi kecha muxlislarining “Napoli”ga qarshi bahsda raqib jamoa futbolchisi Kalidu Kulibaliga nisbatan irqchilik kayfiyatini yuzaga keltirishgani va uni haqorat qilishgani ortidan jiddiy jazoga tortildi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra endi “neradzurrilar” o‘zlarining bo‘lajak 2ta uy uchrashuvlarini muxlislarsiz o‘tkazishadi.
Ma’lumot uchun, “Inter” ayni damda 36 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar