"Inter" o‘ziga APLdan himoyachi sotib olmoqchi
Milanning "Inter" klubi "Sautgempton" himoyachisi Sedrik Soaresh uchun kurash boshladi. Bu haqda italiyalik mashhur jurnalist Janluki Di Martsio xabar bermoqda.
Unga ko‘ra “neradzurrilar” qishki transferlar derazasi yopilgunicha 27 yoshli portugaliyalik futbolchini o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi. Tomonlar ayni damda muzokaralarni boshlab yuborishgan.
Ma’lumot uchun, Soaresh joriy mavsum "Sautgempton" safida jami 22ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol va 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. Transfer narxi esa 15 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar