"Inter" va "Napoli" bitta futbolchini ko‘zlashmoqda
"Kalyari" yarim himoyachisi Nikolo Barella "Inter" va "Napoli"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Kalyari" 21 yoshli futbolchisini 50 mln evroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Barella joriy mavsum A Seriyada jami 18ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar