"Inter" yana bir transfer bo‘yicha kelishuvga erishdi
"Udineze" klubi yarim himoyachisi Rodrigo de Paul faoliyatini "Inter"da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda Sportmediaset nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra "neradzurri"lar 24 yoshli argentinalik futbolchi uchun 30 mln evro to‘lashadi. Ushbu transfer esa yozda amalga oshirilishi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, de Paul joriy mavsum “Udineze” safida to‘purarlik qilmoqda. U A Seriyaning 19ta turida raqiblari darvozasiga 6ta gol urishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, de Paulga shuningdek “Roma”dan ham jiddiy qiziqishlar bo‘layotgan edi.

Fikrlar