“Inter” yangi mavsumda qanday ko‘rinish hosil qilishi mumkin?

  • 4 avgust, 2018, 18:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2012-yildan beri ilk bor Chempionlar Ligasiga qaytgan Milanning “Inter” klubi yana bir marta Evropaning top klubi maqomiga erishish uchun harakat qilib ko‘radi.

Tecno

“Neradzurrilar” o‘tgan mavsumning so‘nggi turida poytaxt klubi – “Latsio”ni 3-2 hisobida engib to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi.

“Inter” Chempionlar Ligasi yog‘dusi sabab tarkibni kuchaytirish uchun allaqachon bir necha sara futbolchilarni olib kelgan. Luchano Spaletti bu yozda naq etti transferni amalga oshirib bo‘ldi. Radja Nainggolan, Lautaro Martines, Federiko Dimarko, Stefan De Vrey va Kvadvo Asamoalar to‘liq asosda kelib qo‘shilgan bo‘lsa, Shime Vrsalko va Matteo Politano ijara asosida tarkibni to‘ldirdi.

Ushbu yangi futbolchilar bir necha mavsumlardan beri kuchsiz o‘yin namoyish etib kelgan 18 karra A Seriya chempionlarini yana yuqori pog‘onalarga olib chiqish uchun yordam berishlari kerak. Biroq qanday qilib 2010-yilgi trebl egalarini yana Italiya va Evropada top klubga aylantira oladi? Quyida Spaletti jamoasining ehtimoliy asosiy tarkibi, bo‘lajak yulduzlari haqida tahlil yuritamiz.

1-variant: to‘liq kuch

4-2-3-1: Handanovich; Vrsalko, De Vrey, Skrinyar, Asamoa; Modrich, Brozovich; Kandreva, Nainggolan, Perishich; Ikardi.

Barcha futbolchilar to‘liq sport formasida bo‘lganida ushbu tarkib yangi mavsumda “Inter”ning asosiy tarkibi bo‘ladi.

Darvozada, 2012-yilda “neradzurrilar” safiga kelib qo‘shilgan Samir Xandanovich egallaydi.

Himoya to‘rtligida ikki yangi transfer vakillari bor. Bulardan biri Mundialda Xorvatiya bilan qahramonlik ko‘rsatgan Vrsalko. O‘tganm mavsumda u “Atletiko Madrid” tarkibida Evropa Ligasini yutib oldi. “Inter”da esa hech shubhasiz ilk daqiqalardanoq maydonga tushishi kafolatlangan. Chap qanot himoyasida esa “Inter”ni tark etgan Davide Santon o‘rniga olib kelingan Kvadvo Asamoa.

Himoya markazida esa yangi hamkor juftlik – De Vrey va Milan Skrinyar harakat qiladi. Mirandasiz ular “Latsio”ga qarshi o‘yinda nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘yishdi.

O‘zining yangi versiyasida “Inter” nazariy jihatdan “Real”dan Luka Modrichni olib kelishga yaqin va u Italiyada hamyurti Marselo Brozovich bilan tandem hosil qilishi kutilmoqda. Jahon Chempionatining “Oltin to‘p” sohibi kerak bo‘lganda ortdan turib jamoasining o‘yinini nazorat qilishi mumkin. Brozovichning borligi ham unga ancha dalda bo‘ladi.

Modrichning borligi sabab Radja Nainggolan o‘z e’tiborini ko‘proq hujumga qaratadi. Bu ayni vaqtda “Inter”dagi og‘riqli nuqtalardan biri edi. Borxa Valeroning yoshi o‘tmoqda, Joao Mario bu yozda klubni tark etishi oydinlashmoqda. Shu sababli “nindzya” maydonda yaratuvchan figuraga aylanishi kutilmoqda.

“nindzya”ning ikki tomonida Antonio Kandreva va Mundial yulduzi Perishichlar o‘rin egallaydi. O‘tgan mavsumda ushbu juftlik birgalikda 17 golli uzatmalarni amalga oshirishgan. Shuningdek, mos ravishda Perishich 9 gol urgan bo‘lsa, Kandreva 8 golga mualliflik qilgan.

Hujumda klub sardori Mauro Ikardi o‘rin oladi. 25 yoshli argentinalik hujumchi o‘tgan mavsumdagi 29 gollik statistikasini yanada yaxshilashga erishadi.

2-variant: rotatsiya

4-3-3: Di Jennaro; Dambrozio, Ranokkya, Miranda, Dimarko; Vesino, Valero, Galyardini; Politano, Martines, Karamo

“Inter”ning yangi mavsumdagi bor e’tibori asosan Chempionlar Ligasi ga qaratilsa jabmas. Biroq milliy kubok sovrini ham bor. Jamoasini sport formasini saqlab qolish maqsadida Spaletti vaqti-vaqti bilan rotatsiyaga qo‘l urishga majbur bo‘ladi.

Xandanovichning o‘rinbosari sifatida mavsumoldi tayyorgarlik bosqichida bir necha o‘yin o‘tkazgan Daniele Padelli ko‘rilayotgan edi. Biroq 24 yoshli Raffaele Di Jennaro klub kelajagi sifatida Xandanovichga o‘rinbosar bo‘lishi mumkin.

Uning oldida esa tajribali va yoshlardan tarkib topgan himoya chizig‘i harakat qiladi. Dambrozio, Miranda, Ranokkya va Dalbertlar katta bayramlarda himoya mustahkamligiga javobgar bo‘lishadi. o‘tgan mavsumda Miranda Skrinyarning asosiy tarkibdagi sherigi edi. 33 dan o‘tib qolgan braziliyalik himoyachi yangi mavsumda o‘z o‘rnini Stefan De Vreyga yutqazib qo‘yishi kutilmoqda. Uning “Atletiko”da to‘plagan tajribasi hamon asqotishi mumkin.

Markaziy hujumchilarning chegaralanganligi sabab biz “Inter”ning zaxira variantini 4-3-3 o‘yin tizimida ko‘rsak kerak. Bunday sxemada maydon markazini Vesino, Valerova Galyardini uchligi egallaydi. Raqib himoyasini esa Politano, Martines va Karamolar yorib kirishga urinib ko‘rishadi.

3-variant: “argentincha hujum”

4-2-2-2: Handanovich; Vrsalko, Skrinyar, De Vrey, Asamoa; Brozovich, Nainggolan; Politano, Perishich; Ikardi, Martines

Spalettining qo‘llashi mumkin bo‘lgan yana bir o‘yin tizimi bu ikki hujumchi bilan o‘ynash varianti. Bunda Mauro Ikardi va Lautaro Martineslar birgalikda raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratishga urinib ko‘rishadi. Argentinalik juftlik milliy terma jamoalarining kelajagi sifatida ko‘rilmoqda. Garchi Ikardi A Seriyadagi 29 gollik natijasi bilan terma jamoasi safida Mundialda ishtirok etishga haqli edi. Biroq maydondan tashqaridagi sabablar tufayli u Jahon Chempionatida ishtirok etolmadi. Martines esa hamyurtidan ko‘p narsalarni o‘rganishi mumkin. O‘tgan mavsumda Argentina chempionatida 13 gol urgan hujumchi Italiyada yanada yaxshilashga urinib ko‘radi. Qolgan chiziqlarda esa o‘z amplualarining eng yaxshilari harakat qiladi.

Erkinjon G‘aybullaev tayyorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!