Isko el-klasikogacha sog‘ayib ketadimi?

  • 26.09.2018 23:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi ko‘richakka yo‘liqib shifoxonaga yotqizilgan etakchisi Iskoning 28 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan el-klasikogacha sog‘ayib, safga qaytishiga umid qilmoqda.

Football Bleacher Report nashrining xabar berishicha madridliklar 26 yoshli futbolchi jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazganidan so‘ng tezda o‘z formasini tiklab olishiga va “Barselona”ga qarshi printspial o‘yinda ishtirok etishiga ishonishmoqda.

Ma’lumot uchun, Isko joriy mavsum “Real” safida jami 7ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!