Isko uchun yana bir grand klub kurashga qo‘shildi

  • 12 dekabr, 2018, 10:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Isko faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Tecno

Tuttosport tarqatgan xabarga qaraganda 26 yoshli ispaniyalik futbolchiga “Inter”dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Unga ko‘ra “neradzurrilar” Iskoni yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘idayoq qo‘lga kiritishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Iskoga shuningdek "Yuventus" va "Manchester Siti" klublari ham da’vogarlik qilishmoqda.

O‘z navbatida “Real” ham Iskoning o‘rniga munosib nomzodlarni ko‘z ostiga olib qo‘ygan. Esekel Palasios ("River Pleyt") va Xuan Mata (“Manchester Yunayted”) shular jumlasidandir.

Ma’lumot uchun, Isko joriy mavsum “qirollik klubi” safida jami 16ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!