Iskoni Manchesterda kutishmoqda
AS nashrining xabar berishicha “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Real” yarim himoyachisi Iskoning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Ayni damda Isko madridliklar bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti. Bu esa bir nechta top klublarning e’tiborini tortgan. Bular qatorida “Manchester Siti” ham bor. “Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ispaniyalik futbolchi mavsum so‘ngida o‘z taqdiri haqida bosh qotirishini biladi. Aytish kerakki, Isko uchun muhimi pul emas, asosiysi u doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lsa bas.
“Manchester Siti” avval ham ikki bor Iskoni qo‘lga kiritishga urinib ko‘rgan. Ammo, muzokaralar omadsiz yakunlangan, natijada “Malaga” sharafini himoya qilib kelayotgan Isko 2013 yilda 30 million evro evaziga “Real” bilan 2018 yilga qadar shartnoma imzolagan edi.
Ma’lumot uchun, Isko La Liganing ortda qolgan 16ta turining 12tasida maydonga tushgan (8tasida asosiy tarkibda) va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar