Islom birdamlik o‘yinlari: Gulnoza Matniyozova hammadan zo‘rligini isbotladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Islom birdamlik o‘yinlari davom etmoqda.

Musobaqaning qizlar o‘rtasidagi dzyudo bahslarida -70 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Gulnoza Matniyozova terma jamoamiz hisobiga yana bir oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Xususan, yarim finalda turkmanistonlik Mariya Loxovadan ustun kelgan sportchimiz hal qiluvchi bosqichda Turkiya vakilasi Sukran Bakachakni bitta vazare bahsi bilan mag‘lub etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!