Ispaniya Kubogi. “Atletiko” “Jirona” bilan durang o‘ynadi va musobaqani tark etdi

CHERY AUTO

Ispaniya Kubogi nimchorak final javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Tecno

“Atletiko Madrid” o‘z maydonida “Jirona” futbolchilariga qarshi bahs olib bordi. Gollarga boy kechgan bellashuvda 3:3 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.

Dastlabki o‘yinda jamoalar 1:1 hisobida o‘ynagani tufayli, safarda urilgan gollar evaziga “Jirona” chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Atletiko – Jirona 3:3 (1:1, 2:2)

Gollar: 1:0 – 12 Kalinich, 1:1 – 37 Fernandes, 1:2 – 59 Stuani, 2:2 – 66 Korrea, 3:2 – 84 Grizmann, 3:3 – 88 Garsiya.

Atletiko – Adan, Ximenes, Xuanfran (Lyuka Ernandes, 67), Aryas, Godin, Saul (Rodri Ernandes, 56), Parti, Lemar, Koke (Grizmann, 61), Korrea, Kalinich.

Jirona – Iraysos, Ramalo, Espinosa, Munesa, Granel (Pons, 73), Porro, Duglas Luis, Fernandes, Aleish Garsiya, Stuani (Garsiya, 82), Losano (Dumbiya, 68).

Ogohlantirishlar: Lyuka Ernandes (69), Grizmann (85), Iraysos (90), Porro (90).

Dastlabki uchrashuv: 1:1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!