Ispaniya Superkubogi uchun bahs Marokashda o‘tkazilishi mumkin

  • 6 iyul, 2018, 10:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2018 yilgi Ispaniya Superkubogi uchrashuvi Marokashda o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaning yozishicha ushbu bahsda ishtirok etuvchi "Barselona" va "Sevilya" klublari haligacha o‘yin o‘tkaziladigan sana va uning formati borasida kelisha olishmayapti.

Ispaniya futbol federatsiyasi esa andalusiyaliklarning Evropa ligasi saralashida ishtirok etishini inobatga olib Superkubok bahsini bitta uchrashuvdan iborat tarzda 12 avgust kuni o‘tkazishni taklif qilmoqda. Tahminlarga ko‘ra ushbu to‘qnashuv Marokashning Tanjer shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!