Istominga mag‘lub bo‘lganidan beri Jokovichning “dubulg‘alar”da omadi kelmayapti

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin shu yil qishda bo‘lib o‘tgan “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian Open” turniri ikkinchi davrasida jahonning ikkinchi raketkasi(o‘sha vaqtda) Novak Jokovichni sensatsion tarzda mag‘lub etib, katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi.

Jokovich chorak finalda to‘htadi 

E’tiborlisi, shundan beri serbiyalik tennischi “katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirlarda chorak finaldan nariga o‘ta olayotgani yo‘q.

May-iyun oyida bo‘lib o‘tgan “Roland Garros” turnirida Jokovich chorak finalda avstriyalik Dominik Timga 6:7, 3:6, 0:6 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Kecha esa Uimbldon turniri chorak finalida Tomash Berdix(Chexiya)ga qarshi bahsda Novak jarohati sabab ikkinchi set, ikkinchi geymidan so‘ng o‘yinni davom ettira olmasligini ma’lum qildi. Unga qadar esa u ilk setda 6:7 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!