
JCh–2018. O‘zbekistonlik Farhod Abdullaev Polsha – Senegal o‘yinida ishlaydi
JCh–2018 turniri “H” guruhi 1-turidan o‘rin olgan Polsha – Senegal uchrashuvida o‘zbekistonlik FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullaev ishlaydi.
Sports.uz nashriga ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik FIFA instruktori mazkur bellashuvda hakamlar nazoratchisi bo‘lib ishlaydi. Ushbu o‘yinga quyidagi rasmiylar tayinlandi.
JCh–2018. “H” guruhi, 1-tur
Polsha – Senegal
Bosh hakam: Shukrulla Nafav (Bahrayn)
Hakam assistentlari: Abdulla Yosir (Bahrayn), Tolib al-Marri (Qatar)
Zaxira hakami: Abdulrahmon al-Jassim (Qatar)
Hakamlar nazoratchisi: Farhod Abdullaev (O‘zbekiston)
Fikrlar