Jang davomida ustunlik qilgan Bektemir Meliqo‘ziev mag‘lub etildi

BEPUL PROPAN

"Uzbek Tigers" vakillari Jahon Boks Seriyalarining chorak final javob uchrashuvida "Cuba Domadores" bokschilariga qarshi janglarni biroz kutilmagan mag‘lubiyatlar bilan boshlashdi. Dastlab Jasur Latipov, so‘ngra Elnur Abduraimov va Shaxram G‘iyosov mag‘lubiyat alamani tortib ko‘rishdi.

Ushbu janglardan so‘ng, 81 kg vazn toifasida ringga hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev chiqib keldi. Kubalik Julio La Kruzga qarshi jang olib borgan bokschimiz besh raund davom etgan bahsda kuchli zarbalari bilan raqib vakilini qiyin ahvolga solib qo‘ydi.

Dastlabki raund teng kurashlar ostida o‘tgan bo‘lsa, keyingi raundlarda Bektemir Meliqo‘ziev yaqqol ustunlik qildi. Biroq kutilmaganda hakamlar ochkolarni kubalik bokschi hisobiga yozib qo‘yishda davom etdi va barcha raundlarni raqib foydasiga hal bo‘ldi.

Bahs so‘nggiga qadar ringda Bektemir Meliqo‘zievdan qochib yurgan holda jang o‘tkazgan Julio La Kruz hakamlarning shubhali qaroriga ko‘ra g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Umumiy hisob

"Cuba Domadores" 6:3 "Uzbek Tigers"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!