
Jeko EChLda hafta futbolchisi deb topildi
UEFA Chempionlar ligasining joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.
Unga ko‘ra UEFA rasmiy saytida o‘tkazilgan maxsus so‘rovnomada “Roma” forvardi Edin Jeko hammadan ko‘p ovoz to‘pladi va hafta futbolchisi deb topildi. Qayd etish lozimki, 31 yoshli bosniyalik futbolchi TsSKAga (3:0) qarshi bahsda dubl qayd etish bilan birga, jamoasining yana bir goliga assistentlik qilishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, nomzodlar orasida shuningdek “Liverpul” forvadi Muhammad Saloh, “Manchester Siti” yarim himoyachisi David Silva hamda “Borussiya” Dortmund himoyachisi Ashraf Xakimilar ham bor edi.
Fikrlar