
Jeymi Karrager: Mourinoning iste’fosi yaqin
"Liverpul" klubi sobiq himoyachisi Jeymi Karrager "Manchester Yunayted"dagi “kursisi qimirlab qolgan” Joze Mourino haqida gapirib o‘tdi.
“Joze kelasi mavsum MYuda ishlaydi deb o‘ylamayman. Balkim uni joriy mavsum yakuniga qadar iste’foga chiqarishar. Agar “Manchester Yunayted” bo‘lajak o‘yinlarda “Valensiya” va “Nyukasl”ga yutqazsa, bu Mourinoning taqdirini hal qilishi mumkin. Bordiyu mankuanliklar ushbu uchrashuvlarda g‘alaba qozonishgan taqdirda ham Mourino bilan hamkorlik uzoq davom etadi deb o‘ylamayman”, - deydi Karrager.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq MYu rahbariyati portugaliyalik mutaxassisning o‘rniga Zinedin Zidan va Antonio Kontelarning nomzodini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar