Jon Terri faoliyatini yakunlamoqchi emas

  • 23.07.2018 12:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning “Chelsi” klubi hamda Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Jon Terri faoliyatini yakunlamoqchi emasligi haqida aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq tajribali futbolchi butsalarini mixga ilib, Sky Sports telekanalida ekspert sifatida faoliyat olib borishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

“Men faoliyatimni yakunlamoqchi emasligimni aytmoqchiman. Hozir men oilam bilan ta’tilda maroqli hordiq chiqarayapman va u erdan qaytgach barcha takliflarni ko‘rib chiqaman”, - deydi Terri.

Ma’lumot uchun, Jon Terri o‘tgan mavsum “Aston Villa” safida Chempionshipda 36ta o‘yinda maydonga tushgan va 1ta golga mualliflik qilishga erishgan. U Ayni damda erkin agent hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!