Jon Terri faoliyatini yakunlashga qaror qildi
Angliya terma jamoasi va Londonning "Chelsi" klubi sobiq himoyachisi Jon Terri futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi, deya xabar beradi Mirror nashri.
37 yoshli futbolchi "Aston Villa"ni tark etgandan so‘ng erkin agentga aylandi va butsalarini mixga ilishga qaror qilgan. Endi u murabbiylik faoliyatini boshlaydi, ammo bu bilan televidenieda ham ishlashi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, Sky Sports telekanali Terriga ekspert sifatida ishlashni taklif qilmoqda. Sky'da Jon murabbiylik faoliyatini boshlash uchun kanalni tark etgan frantsiyalik Terri Anri o‘rnini egallashi mumkin.
Fikrlar