
Jorjino: APL – dunyoning eng kuchli chempionati
Yaqindagina “Napoli”dan “Chelsi”ga ko‘chib o‘tgan yarim himoyachi Jorjino Frello o‘zining Angliya premer-ligasi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bu fantastik chempionat. Mening nazarimda APL bu dunyoning eng kuchli ligasi.
Albatta mening o‘yin uslubim bu chempionatga mos kelmasligi mumkin, lekin umid qilamanki tez orada bu erga ko‘nikib olaman. Buning uchun bor kuchimni berib harakat qilaman”, - deydi Jorjino.
Eslatib o‘tamiz, Jorjino “Chelsi”da o‘zining “Napoli”dagi sobiq ustozi Mauritsio Sarri qo‘l ostida to‘p suradi.
Fikrlar