Jorjo Kellini: Italiya terma jamoasi to‘g‘ri yo‘ldan bormoqda

  • 18 noyabr, 2018, 14:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasi himoyachisi Jorjo Kellinining fikricha jamoa tobora rivojlanib, o‘z o‘yinini topib bormoqda. U bu haqda kecha bo‘lib o‘tgan Portugaliyaga (0:0) qarshi o‘yindan so‘ng aytib o‘tdi.

Tecno

“Biz to‘g‘ri yo‘ldan ketyapmiz. Ushbu bahsda biz 70 daqiqa o‘yin tizginini o‘z nazoratimizda saqlab tura oldik, hujumlar qildik va vaziyatlar yaratdik. Faqatgina ularni golga aylantira olmadik holos. Jamoamiz amaldagi Evropa chempionlariga qarshi kechgan bu o‘yinda to‘liq ustunlikka erishdi. Gol ura olmaganimiz yagona kamchiligimizdir va kelajakda uni ham bartaraf etamiz”, - deydi Kellini.

Eslatib o‘tamiz, kechagi durangdan so‘ng Italiya terma jamoasi guruh peshqadamligiga qo‘shib Millatlar ligasi final bosqichi mezbonligini ham Portugaliyaga boy berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!