Joze Mourino: Keyingi o‘yinda mag‘lubiyatga uchrasak kerak

  • 17 mart, 2017, 09:28
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

“Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbyi Joze Mourinyu “Rostov”ga qarshi (1:0) kechgan EL nimchorak final javob o‘yinidan keyin APLdagi tig‘iz taqvimdan norozi bo‘ldi.

“Biz qo‘shimcha bo‘limga qolib ketishdan qo‘rqdik. “Rostov” bilan o‘yin ancha qiyin bo‘ldi. Aslida haqiqiy dushman “Rostov” bo‘lishi kerak edi. Ammo, atrofimizni boshqa dushmanlar o‘rab olgan.

To‘g‘risini aytaman, “Manchester Siti”ning EChLdan chiqib ketishi menga yoqmadi. Men hazillashmayapman, bu jiddiy gap. Bu bizga yomonlikni kelitirib chiqaradi. Bizdan tepada turgan beshta jamoaning birontasida ham evrokubok o‘yinlari qolmadi. Ular endi haftada bir marta o‘ynashadi, xolos.  Ular charchash nimaligini bilisharmidi. Biz bo‘lsa oxirgi kuchimiz qolguncha kurashamiz. Menimcha, keyingi o‘yinda mag‘lub bo‘lamiz”, – dedi Muorino.“MYu” APL 29-turi doirasida 19 mart kuni “Mildsbro”ga qarshi bahs yuritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!