
KK-2017. Finalning eng yaxshi futbolchisiga sovrinni Rossiyaning 2003 yildagi eng go‘zal ayoli topshiradi
Bugun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi “Zenit-Arena” stadionida Konfederatsiyalar kubogi o‘yinlariga yakun yasaladi. Mazkur turnir finaliga Chili xamda Germaniya terma jamoalari etib kelishdi.
Ushbu final bahsnining eng yaxshi futbolchisi uchun atalgan sovrinni JCh-2018 turniri rasmiy elchisi, “Miss Rossiya – 2003” tanlovi g‘olibi Viktoriya Lopyreva topshiradi.
“Barcha futbol muxlislari singari men ham bugungi o‘yinni intizorlik bilan kutmoqdaman. Bu barchamiz kutgan futbol bayramidir. Biz buning uchun ko‘p tayyorlandik. Bugun kim g‘olib bo‘lishini bilib olamiz. G‘olib kim bo‘lishi men uchun ham ahamiyatli. Boisi, o‘yinning eng yaxshi futbolchisi aynan mening qo‘limdan maxsus sovrinni oladi” ,– deb aytib o‘tdi Lopyreva.
Fikrlar